14:22 / 07.12.2016
10 301

Ra’no Yarasheva Shavkat Mirziyoyev g‘alabasiga atab bag‘ishlov yozdi

Ra’no Yarasheva Shavkat Mirziyoyev g‘alabasiga atab bag‘ishlov yozdi

4 dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev 88.61 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongani butun mamlakatda katta bayramga sabab bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning nomzodini yoqlab, unga ovoz berganlar orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ham bor. Aktrisa nomzodning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazgan uchrashuvlarida ham faol ishtirok etgan edi.

Bugun O‘zbeksiton yozuvchilar uyushmasi a’zosi, aktrisa Ra’no Yarasheva tahririyatimiz bilan bog‘lanib, Shavkat Mirziyoyevga atab bag‘ishlov yozganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston, duo qil!

Shukur, deymiz tangriga,
Yo‘lboshchi berdi bizga.
Shijoatli, g‘ayratli,
Barchaga shafoatli.
Xalqni jondan sevgan,
Xalqi, deb xizmat qilgan
Islom ota yonida,
Hamfikr, hamkor bo‘lgan.
O‘zbekiston ahlining,
Orzu-umidin bilgan,
Yo‘lboshchi berdi bizga


Azizlarni yod qilib,
Va ruhini shod qilib.
Keksalarni ulug‘lab,
Duolarini olgan.
Yosh yigitu, qizlarni,
Jajji chaqaloqlarni.
Kelajagin o‘ylagan,
Xizmatga bel bog‘lagan.
Shijoatli, g‘ayratli,
Nozik did, farosatli.
Yo‘lboshchi berding bizga,
Keksa, yosh, o‘g‘il-qizga.

Dehqonlarning xizmatin,
Qishki, yozgi mehnatin.
Juda yaxshi bilgan zot,
Xalq g‘amini egan zot.


San’at, adabiyotni,
Anglab abadiyatni.
Xalqlar aro do‘stlikni,
Hamfikr, hamdo‘stlikni.
Ulug‘lagan insonni,
Yo‘lboshchi qilib berding.
Qalbini bilib berding.

Shijoatli, g‘ayratli,
Barchaga shafoatli.
O‘g‘ling keldi, bog‘lab bel,
O‘zbekiston, duo qil!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ra’no Yarasheva Shavkat Mirziyoyev g‘alabasiga atab bag‘ishlov yozdi