11:41 / 09.12.2016
14 078

Yulduz Usmonova haqida Bosh vazirga yozgan shoiraga qanday javob qaytarishdi?

Yulduz Usmonova haqida Bosh vazirga yozgan shoiraga qanday javob qaytarishdi?

Bir oy avval Farg‘onalik shoira Bosh vazirning qabulxonasiga Yulduz Usmonovani saxnaga qaytarishni iltimos qilib qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar bergan edik. Bugun shoira Lola Sobirova kecha unga, virtual qabulxonadan telefon qilishgani va javob xati yo‘llashganini ma’lum qildi.
Telefon javobida Yulduz Usmonovaning lisenziyasi anchadan buyon qo‘lida ekanligi va bemalol konsert bera olishi mumkinligi ma’lum qilingan. Shu bilan birga konsert berishni istagan xonanda, tashkilot avval ariza bilan murojaat etishi kerakligi aytib o‘tilgan.

Telefon qo‘ng‘irog‘idan tashqari Shoira Lola Sobirovaga javob xati ham yo‘llangan.

Javob xatida, Lola Sobirova Yulduz Usmonova Farg‘onada kosert berishi uchun amaliy yordam so‘ralgani va uning murojaati telefon orqali aniqlashtirilgani bayon qilinadi. Hamda konsert berishni istagan xonanda ariza berishi va bu ariza mutaxassislardan iborat komissiya xuloasasi bilan ruxsat etilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova haqida Bosh vazirga yozgan shoiraga qanday javob qaytarishdi?