10:55 / 12.12.2016
23 228

Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan hamon do‘stmi?

Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan hamon do‘stmi?

Lisenziyasi olib qo‘yilganidan so‘ng telekanallarda kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti, xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi.

«Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimning sababi ― ish emas. Bu erda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo‘shiqlar esa chalg‘ishning bir usuli edi. Turmush o‘rtog‘im bilan 2011 yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo‘lsak-da, do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo‘lib turishini tushuntirganmiz», ― deydi xonanda.

Lola, shuningdek, kelajakda turmush o‘rtog‘i, ko‘p farzandlari, umuman olganda, katta oilasi bo‘lishini orzu qilishini ham aytib o‘tgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan hamon do‘stmi?