22:26 / 16.12.2016
18 719

Raqqosa Parizoda kliplarda suratga tushishi evaziga qancha gonorar olishini ma’lum qildi

Raqqosa Parizoda kliplarda suratga tushishi evaziga qancha gonorar olishini ma’lum qildi

Yosh raqqosalar ichida kliplarda eng ko‘p suratga tushadigan aktrisa Parizoda o‘zbek san’atkorlari va xorijiy kliplardan qancha gonorar olishini ma’lum qildi.

Bu haqda Parizoda “kinorama.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Odatda unchalik ham o‘ynashni xohlamagan raqslarimning gonorarini qimmat aytaman. O‘zimga yaqin bo‘lgan, ko‘p men bilan birga ishlagan xonandalarga ‘Menga buncha gonorar bering’, deb ayta olmayman. Chunki vaqti kelsa ular ham menga yordam berishadi. Ammo qo‘shni davlatlardan takliflar tushib qolsa bemalol ‘Mana shuncha gonorar berasiz’ deb shartnoma tuzaman. Ayniqsa, klipga tushish kerak bo‘lsa, uning o‘ziga yarasha sarf-xarajati bo‘ladi. O‘zimizda klipga tushish uchun eng qimmat gonorarni 700 AQSh dollarida olgan bo‘lsam, tojikistonlik, qozog‘istonlik va boshqa davlatlar qo‘shiqchilarining kliplarida suratga tushish uchun 1000 AQSh dollaridan yuqori olganman”,—deydi Parizoda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Raqqosa Parizoda kliplarda suratga tushishi evaziga qancha gonorar olishini ma’lum qildi