17:58 / 25.12.2016
16 964

Kanizaning oilasini barbod qilgan «Million»: Xonanda Davron Kabulovni sudga bermoqchi

Kanizaning oilasini barbod qilgan «Million»: Xonanda Davron Kabulovni sudga bermoqchi

O‘zbekistondagi ilk internet radio «Sog‘inch sadosi»sida mehmon bo‘lgan xonanda Kaniza sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan «Million» jamoasining konserti sabab uning oilasida notinchlik boshlanganini ma’lum qildi.

«Sayyod-shou» deb nom olgan dastur muallifi Sardor Komilov studiyaga mehmon sifatida Kanizani chaqirdi. Unda qo‘shiqchining «Million» bergan konsertda namoyon bo‘lgani, qo‘shiq kuylayotgan vaqtida ekranda uyatsiz so‘zlarga shama bo‘lgan gaplar yozilgani eslab o‘tilgan. Bu esa Kanizaning sha’niga haqorat bo‘lgani, keyinroq katta shov-shuvga aylanib, qo‘shiqchining onasiga odamlar xat yoza boshlagani ma’lum qilingan.

Shular haqida gapira turib, Kaniza oilasi buzilayotganini aytdi va yig‘lab yubordi, deyilgan «Sayyod.com» xabarida.

Efirda qo‘shiq ketayotgan bir vaqtda Kanizaning onasi ham studiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. «Million» jamoasining konsertida Kanizaning ostidagi monitor «Shulxa» so‘zini ko‘rsatganini odamlar haqorat so‘zidek qabul qilganini aytib, qizi kulgu qilinganidan ranjiganini ta’kidlagan va o‘zi ham yig‘lab yuborgan.

Kaniza bu so‘zni o‘zi ko‘rmagani haqida aytgan. U bu haqda konsertdan keyin odamlardan eshitgan, unga sheluxaning o‘simlik ekanini tushuntirmoqchi bo‘lishgan. Qo‘shiqchi bir necha bor urinib, Davron Kabulov bilan bog‘lana olmagan, keyinroq buni esidan chiqarishga harakat qilgan.

«Million» jamoasining disklari sotuvga chiqqanidan keyin esa odamlar bu mavzuni yana ko‘targan. Natijada Kanizaning shaxsiy hayoti barbod bo‘lgan. Hatto, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ham munosabatlari taranglashgan.

Radio efirdan so‘ng Kaniza «Million»ning sotuvga chiqqan disklari qaytarib olinib, uning ishtiroki olib tashlanmasa va qo‘shimchasiga Davron Kabulov OAVda rasman uzr so‘ramasa, ishni oxiriga qadar olib borishini aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar Kaniza va Davron Kabulov o‘zaro til biriktirib, PR qilmoqchi bo‘lgani haqida yozildi, biroq bunday holatda qo‘shiqchining onasi qo‘ng‘iroq qilib, yig‘lab bermasdi, deyilgan «Sayyod.com»da.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kanizaning oilasini barbod qilgan «Million»: Xonanda Davron Kabulovni sudga bermoqchi