11:10 / 30.12.2016
13 822

Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida

Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida

Xonanda Nilufar Usmonova «Qalampir.uz» nashriga bergan intervyusida to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Xonanda ayni damda farzand kutmoqda. To‘rtinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lish arafasida turgan Nilufar Usmonovaga shifokorlar farzand ko‘rishni kechiktirishi, uning salomatligi bunga javob bermasligini aytishgan edi. Buyragidagi muammolarga qaramay Nilufar Usmonova fikridan qaytmadi. Xonanda bu haqda gap ochilishini istamagan bo‘lsa-da intervyu davomida javobdan qochgani yo‘q.

“Homiladorlik kasalli, deb kim aytdi? To‘g‘ri, farzand dunyoga keltirish oson ish emas, lekin men shu bolalarim uchun yashamasam, kim uchun yashayman.. Shularni bag‘rimga bosganimda hayotning bor g‘am-tashvishi unut bo‘ladi.

Shifokorlar buyragim sabab farzandli bo‘lishim xavfli ekanini aytishdi. Lekin ularning vahimalariga ham quloq soladigan bo‘lsak, hamma narsa yig‘ishtirib qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Yaratgandan o‘zimga ham, farzandimga ham umr so‘rayman va hozirgi holatimdan nolimayman”.

Xonanda farzandini dunyoga keltirish haqida gapirar ekan, 2015 yilning dekabr oyida homilasi nobud bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, u yaqindagina Istanbulda bo‘lib, shifokorlar nazoratidan o‘tib kelgan.

“Istanbulga tez-tez borishimning birinchi sababi ijod bo‘lsa, ikkinchisi homiladorligim. U erda shifokorlarning nazoratida bo‘ldim. Boisi to‘rtinchi bor tig‘ tagiga kiraman. Kesarcha kesish yo‘li bilan farzand dunyoga keltirish nima ekanini ayollar juda yaxshi tushunishadi”, deydi xonanda.

Nilufar Usmonova Yaratgan bergan homilasini atayin nobud qilayotganlar, o‘z oyog‘i bilan abort qildirishga borayotganlarni qaroridan qaytarish uchun har narsaga tayyor ekanini aytarkan, farzandidan kechayotganlardan nafratlanishini ham qo‘shimcha qildi:

“Yaratgan bitgan taqdirni bandasi o‘chirishga haqsiz. U farzand dunyoga kelish uchun yaratilganmi, demak, u tug‘ilishi kerak”.

Xonanda Nilufar Usmonova ishtirokidagi “Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvini yaqin soatlarda tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operasiya stoliga yotish arafasida