13:55 / 05.01.2017
11 944

Umid Iskandarov: “Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman”

Umid Iskandarov: “Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman”

Umid Iskandarov hamda shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan biri bo‘lmish Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Aslida, bu gap-so‘zlar bundan roppa-rosa 1 yil oldin, 2016 yilning yanvar oyida boshlangan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

O‘tgan yilning yanvar oyida mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida tahririyatimiz xodimlari Umid hamda Renata bilan bog‘langanishganda, ajrim haqidagi gaplar yolg‘on ekanini, ular baxtli hayot kechirayotganliklarini aytishgandi.

Oradan 1 yil o‘tib, kecha, 3 yanvar kuni Umid Iskandarov bilan tahririyat bog‘langanida mutlaqo boshqa javobni bergan.

“Men bu kabi mish-mishlar barchani qiziqtirishini tushunaman. Ammo mening hayotim va oilaviy masalalarimga hech kim aralashmasligini istardim. Aslida muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan juda mavzular ko‘p. Men ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman. Buni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddaman” deydi Umid Iskandarov.

O‘tgan yili baxtli ekanini, tarqalgan mish-mishlar yolg‘on ekanini aytgan aktyor bu safar hech qanday izoh berishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, ajrim haqidagi gaplarning yanada jonlanishiga Umid va Renataning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilayotgan suratlari, izohlari, yaqinlarining ular haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Umid Iskandarov: “Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman”