19:50 / 07.01.2017
17 411

Obid Asomov “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini askiya qildi

Obid Asomov “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini askiya qildi

Ayni kunlarda oilasi bilan Tailandda dam olayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali dengizdagi ummon haqida gapirib berar ekan, o‘zbek shou-biznesidagi yoshlarning eng sevimli guruhlaridan biri bo‘lgan “Ummon” guruhini ham yodga oldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

“Suvga tushsam, shu qo‘shiq tilimga kelaveradi. Rostdan ham “Ummon” guruhi shu erga kelib ijod qilsa bo‘larkan. Nuqul tanqid qilishadi ashulalarini. Okean suvi sho‘-o‘-o‘r, bahonada qo‘shiqlariga maza kirarmidi...”

Uning bu so‘zlariga “Ummon” guruhining muxlislari orasida e’tiroz bildirganlar va yigitlar tomonidan ijro etiladigan aksariyat qo‘shiqlar dilga yaqin ekanini aytganlar ham bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, muxlislarning “O‘zbekistonga qachon qaytasiz?”, deb bergan savoliga Obid Asomov, “Kunlar isib, qulupnaylar pishganda”, deb javob qaytardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Asomov “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini askiya qildi