17:58 / 10.01.2017
10 166

Rayhon yangi konsertida uch ayol san’atkor bilan duet kuylaydi

Rayhon yangi konsertida uch ayol san’atkor bilan duet kuylaydi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda fevral oyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsertiga oid ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi.

Xususan, Rayhonning aytishicha, yangi konsertida u uch ayol san’atkorlar bilan duet ijro etadi.

Birinchi duet xonandaning yaqin dugonasi Munisa Rizaeva bilan ijro etiladi. Rayhon mazkur duet “Sayyod.com” sayti rahbari taklifiga ko‘ra yaratilganini aytib o‘tdi.

Ikkinchi duetdosh esa qiziqchi Halima Ibragimova.

Uchinchi duet xonanda Ziyoda bilan birga kuylanadi. Rayhon Ziyodaning ayni paytda homiladorligini hisobga olgan holda “menimcha, konsertda birga kuylashga ulguramiz, deb o‘ylayman”, deya qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, Rayhon 20-21-22-23-24 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon yangi konsertida uch ayol san’atkor bilan duet kuylaydi