8 147
“Golos. Deti” tanlovi g‘olibi: kelajakda Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni va “Gremmi” yutishni xohlayman
Rossiyaning “Birinchi kanal”ida bo‘lib o‘tgan “Golos. Deti” musiqiy tanlovining g‘olibi, o‘zbekistonlik xonanda Sabina Mustaeva kelajakda Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni va “Gremmi” yutishni xohlashini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
“Ayni paytda ko‘pchilik konkurslarga yoshim tufayli ishtirok eta olmayman. Hozircha men maktabda o‘qishni davom ettiraman, keyingi yilda to‘qqizinchi sinfni bitiraman. Umuman olganda, men Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni istayman. U Bostonda joylashgan bo‘lib, uni mashhur jaz ijrochilari bitirgan. Bu mening asosiy maqsadim; undan tashqari, “Gremmi” mukofotini yutib olishni ham istardim”, – dedi 15 yoshli qo‘shiqchi Super resursiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Mustaeva ustozi va rahbari Maksim Fadeevning professionalligini, ko‘p qirrali inson ekanligini ta’kidlab o‘tdi: “U juda yaxshi inson, u hatto o‘zi kostyumlarni qidiradi, repertuar yaratishimizda yordam beradi. U bilan ishlash qiziq”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi