13:17 / 07.05.2015
13 712

Bollivud yulduzi Salmon Xon o‘lim bilan tugagan YTH uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bollivud yulduzi Salmon Xon o‘lim bilan tugagan YTH uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Hindiston sudi Bollivud yulduzi Salmon Xonga uning o‘z avtomobilida boshpanasiz daydilarni bosib ketgani uchun 5 yil ozodlikdan mahrum etishga mahkum qildi. Jabrlanuvchilardan biri olingan jarohatlardan halok bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz.

Yo‘l transport hodisasi 2002 yilning 28 senyatbrida Mumbayda yuz bergan. Aktyor o‘zining Toyota Land Cruiser avtomobilida ko‘chada uxlab yotgan 5 kishini bosib ketgan. 38 yoshli Nurulla Xon voqea joyida halok bo‘lgan. Yana 3 nafar kishi kichik jiddiy jarohatlar, yana bir kishi esa kichik jarohat olgan. Salmon Xonga qasddan qotillik qilish bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Ko‘p yililk tergovdan keyin Bollivud yulduzi sudda voqea yuz berganda rulda uning haydovchisi bo‘lganini ta’kidladi, biroq sud uning bu vajini qabul qilmadi. Tergov talqiniga ko‘ra, aktyor rulda mast holatda bo‘lgan.

Mamlakat qonunlariga binoan, u 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin edi. Xon himoyasi chiqarilgan hukm ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.

Salmon Xonning ba’zi hamkasblari uni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Agar aktyor qamaladigan bo‘lsa, unda bu holat aktyor hozirda ishtirok etayotgan bir nechta qimmatbaho kinoloyihalarga salbiy ta’sir etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzi Salmon Xon o‘lim bilan tugagan YTH uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi