20:58 / 07.05.2015
17 622

“Shum bola” filmida Omon rolini o‘ynagan bola tirik ekani ma’lum bo‘ldi

“Shum bola” filmida Omon rolini o‘ynagan bola tirik ekani ma’lum bo‘ldi

“Darakchi” gazetasida bir necha hafta avvalgi sonida mashhur “Shum bola” filmining suratga olinishi tarixi haqida maqola chop etilgandi, deb yozadi Kun.uz.

O‘sha maqolada film ijodkorlari orasida vafot etgan aktyorlar ham yod etilgan, film rejissyori Damir Salimov bergan ma’lumotga asosan, filmda Omon rolini o‘ynagan Saidkarim Saidoripov ham marhumlar qatoriga kiritilgan edi.

“Maqola chop etilgach, tahririyatga Saidkarim Saidoripovning o‘zi qo‘ng‘iroq qilib qolsa deng! “Men “Shum bola”dagi Omonman. Tirikman!”, dedi Saidkarim aka bizni shoshirib”, - deyiladi gazeta xabarida.

Bu xabardan “Shum bola” filmi rejissyori Damir Salimov ham hayratini yashira olmagan. “Ancha ilgari uning vafot etgani haqida eshitgandim. Umri uzoq bo‘larkan”, - dedi rejissyor.

Qayd etishlaricha, Saidkarimov Saidoripov “Shum bola”dan so‘ng boshqa filmlarda rol o‘ynamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Shum bola” filmida Omon rolini o‘ynagan bola tirik ekani ma’lum bo‘ldi