12:10 / 08.05.2015
16 826

Rayhon: Shahzoda meni konsertiga taklif qilmadi

Rayhon: Shahzoda meni konsertiga taklif qilmadi

Turkiyada konsert berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda Rayhon 1−7 may kunlari «Istiqlol» san’at saroyida konsert beragan Shahzodadan ranjigan ko‘rinadi. Bu haqda «7x7» gazetasi'ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

«Bir paytlar sodiq dugonangiz bo‘lgan Shahzodaning konsert dasturiga borasizmi?» degan savolga Rayhon «Meni taklif qilmadi» deb javob berdi.

Shuningdek, xonanda Turkiyada konsertdagi hamrohi Jahongir Otajonovning ijodi haqida nimalarni bilishini aytdi:

«Afsuski, uning ijodi haqida etarlicha bilmayman. Uning jonli ijroda qoyilmaqom kuylashini bilaman. Xalqqa sahnadagi jo‘shqinligi, g‘ayrati juda yoqishini ham eshitgandim. Biroq uning ijodiga muxlis emasman».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon: Shahzoda meni konsertiga taklif qilmadi