18:31 / 08.07.2017
18 965

Oydin Abdullaeva: “Shahzoda Muhammedovaga o‘xshaganlarni o‘rniga o‘tkazib qo‘yish kerak”

Oydin Abdullaeva: “Shahzoda Muhammedovaga o‘xshaganlarni o‘rniga o‘tkazib qo‘yish kerak”
Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaeva haqida yozib qoldirgan haqoratli mulohazalari katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Ayni daqiqalargacha, jamoatchilik, o‘zbek ziyolilari bu holatga nisbatan munosabat bildirgan edi. Biz esa ularning fikrlarini o‘rganishga qaror qildik.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dosent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi, bastakor Oydin Abdullaevaga murojaat qildik.

Oydin Abdullaeva, bastakor:

– Dilorom Omonullaeva estrada san’atini yaxshi tushunadigan va kelajak avlodga etkazib beradigan kamarbastalardan biri. Bu inson hozirgacha estrada san’atining ekologik musaffoligini ta’minlamoqda. Shahzoda Muhammedovaga keladigan bo‘lsak, Dilorom Omonullaevaning u bilan shunday munosabatda bo‘lishlari tabiiy hol. Shaxsan o‘zim ham Shahzoda bilan xuddi shunday ohangda muomala qilgan bo‘lar edim.

Bunday insonning oldiga kelib, men estrada xonandasi bo‘lmoqchiman, deb aytish tarbiyasizlikdan boshqa narsa emas. Albatta, Dilorom Omonullaeva unga shu sohada o‘qiganmisan, deb savol bergan. Yo‘q, degan javobdan keyin, tabiiyki, uni chiqarib yuborgan. Oliygohning barcha o‘qituvchilari shunday yo‘l tutgan bo‘lardi. Bu vaziyatda Dilorom Omonullaeva to‘liq haq. O‘zbek estrada san’atining bugungi ahvolga kelishiga ham aynan shunaqa ta’lim-tarbiya ko‘rmagan yoshlarning shu sohaga kirib kelib, istagan ishini qilayotgani sabab bo‘lyapti.

Bir kun avval, menga xonanda Mashhurbek qo‘ng‘iroq qilib, Shahzoda Muhammedova sizning oldingizga kelsa, unga maslahat bersangiz, degan edi. Biroz vaqt o‘tgach, Shahzoda tomonidan mana shunday ig‘vogarchilik bo‘lganini eshitdim. Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida “Nihol” mukofoti bo‘yicha yig‘ilish bo‘lishi kerak. Mazkur yig‘ilishda biz, albatta, shu masalani ko‘taramiz. Bu ishni shundayligicha tashlab qo‘ymaymiz. Butun madaniyat xodimlari bir bo‘lib Dilorom Omonullaevani himoya qilamiz. Shahzoda Muhammedova kabi yengiltaklarni o‘rniga o‘tkazib qo‘yish kerak.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaeva Shahzoda Muhammedovaning yozganlariga munosabat bildirib, bu masalani tegishli davlat idoralari yordamida hal etishini ma’lum qilgan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oydin Abdullaeva: “Shahzoda Muhammedovaga o‘xshaganlarni o‘rniga o‘tkazib qo‘yish kerak”