15:22 / 15.07.2017
8 796

Jahongir Otajonov muxlislariga uzoq kutilgan sovg‘a taqdim etdi (Video)

Jahongir Otajonov muxlislariga uzoq kutilgan sovg‘a taqdim etdi (Video)
Xonanda Jahongir Otajonov jurnalistlar uchun o‘tkazgan matbuot anjumanlarida unga berilgan savollarga javob qaytardi.

Aniqroq qilib aytganda, jurnalistlar u bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida xonandadan nima sababdan klip yaratmasligi va ashulalarini MP3 shaklda taqdim etmayotganligi haqidagi ko‘plab savollar bilan murojaat qilishgandi. Yuqorida keltirilgan takliflarni inobatga oldimi yoki boshqa sababdanmi u konsert dasturlarida olqishlar bilan kutib olinadigan, eng sevimli taronalaridan biriga klip suratga oldi.

Mazkur video Jahongir Otajonovning Youtube’dagi rasmiy kanaliga joylandi.

“O‘rgatib qo‘yma” deb nomlangan tarona videosi 14 iyul kuni joylangan bo‘lsa hozirga qadar uni qariyb 5 ming marta tomosha qilishdi.

Tarona so‘zlari Bobur Bobomurod qalamiga mansub, musiqa muallifi xonandaning o‘zi. Quyida mazkur klipdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov muxlislariga uzoq kutilgan sovg‘a taqdim etdi (Video)