07:43 / 16.07.2017
6 624

Disneylendda «Yulduzlar jangi»ga bag‘ishlangan park quriladi (foto+video)

Disneylendda «Yulduzlar jangi»ga bag‘ishlangan park quriladi (foto+video)
Disney kompaniyasi Kaliforniyadagi Disneylendda hamda Floridadagi Disneyuorldda quriladigan Star Wars Land ko‘ngilochar parkining maketini namoyish etdi. Parklarning ochilishi 2019 yilga rejalashtirilmoqda; ularning har birini qurish esa milliard dollarga tushadi. Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Parklarning modeli Kaliforniyadagi D23 Expo konferensiyasida namoyish etildi. Walt Disney Parks and Resorts direktorlar kengashining raisi Bob Chepekning aytishicha, ushbu park shu paytga qadar qurganlari orasida «eng talabchan»i.

Tashrif buyuruvchilar Xan Soloning «Ming yillik lochin»ida «uchishlari» hamda Birinchi orden va Qarshilik o‘rtasidagi jangni tomosha qilishi mumkin.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Disneylendda «Yulduzlar jangi»ga bag‘ishlangan park quriladi (foto+video)