18:00 / 12.09.2017
15 215

«Muhtasham yuz yil. Ko‘sem» serialining bosh qahramonini o‘ynagan aktrisa kim?

«Муҳташам юз йил. Кўсем» сериалининг бош қаҳрамонини ўйнаган актриса ким?
Ko‘sem sulton roliga serial ijodkorlari xuddi Xurram sulton rolini o‘ynagan Maryam Uzerlidek turk tomoshabinlariga notanish aktrisani taklif qilishdi. 6 yoshidan turli reklama roliklarida, keyinchalik kino va seriallarda rollar ijro qilib yurgan aktrisa – Anastasiya Tsilimpiuning boshiga baxt qushi qo‘ndi desak yolg‘on bo‘lmaydi. Axir 60 mingga yahin nomzoddan aynan shu qiz Mohipaykar Ko‘sem sulton roliga tanlab olingandi-da.

Aytishlaricha, uning yorqin tashhi ko‘rinishi bunga sabab bo‘lganmish. Yana tinib-tinchimas jurnalistlarning izoh berishicha, u iqtidori va go‘zalligi tufayli emas, balki olgan gonorari tufayli ham mashxur bo‘ldi. Har bir seriyaga taxminan 10 ming dollardan gonorar olish uncha-muncha mashxur aktyoru aktrisalarning orzusi-da. Gretsiyada-ku, u eng katta gonorar olgan aktrisaga aylandi-qoldi.

Suratga olish payti 17 yasharli Anastasiya Istambulga ko‘chib kelib, turk tilini o‘rganishga kirishdi. Ammo uning serialdagi «umr» i uzoqqa cho‘zilmadi. Yangi serialning reytingi «Muhtasham yuz yil» niki singari baland bo‘lmaganini ko‘rgan va uning keyingi qismlari taqdiridan xavotirlangan prodyuserldar Ko‘sem rolini turk kinoyulduzi Baren Saatga topshirdilar.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Muhtasham yuz yil. Ko‘sem» serialining bosh qahramonini o‘ynagan aktrisa kim?