00:49 / 29.09.2022
1 123

Eron prezidenti O‘zbekiston bilan vizasiz rejim joriy qilish masalasiga to‘xtaldi

Eron prezidenti O‘zbekiston bilan vizasiz rejim joriy qilish masalasiga to‘xtaldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zA SHHT sammiti doirasida Eron prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy bilan suhbat uyushtirgan edi. Eron rahbari muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

- "Turizm ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan mamlakatlarimiz uchun keskin rivojlantirsa bo‘ladigan aniq-ravshan imkoniyatdir. Bizni quvontiradigani shuki, ikki mamlakat turistik jozibadorlik bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Biz o‘zaro aviaqatnov sonini oshirish va vizasiz tartib o‘rnatish orqali iqtisodiy hamkorlikni yuqori nuqtaga chiqara olishimiz mumkin.

Eron va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqani kengaytirishga qaratilgan ko‘plab shartnomalar imzolangan. Fikrimizcha, bu yetarli emas, mavjud imkoniyatga mos emas. Shubhasiz, har ikki mamlakatda nisbatan ustunlikni ta’minlaydigan va bir-biri iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan salohiyat bisyor
", — dedi Raisiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti O‘zbekiston bilan vizasiz rejim joriy qilish masalasiga to‘xtaldi