12:47 / 04.10.2022
1 139

Qozon shahrida 17 yashar qiz voyenkomatni yoqib yuborishga urindi

Qozon shahrida 17 yashar qiz voyenkomatni yoqib yuborishga urindi
Kecha 3 oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida 11 sinf o‘quvchisi Qozon Sovet tumani harbiy komissarligi binosiga maxsus tayyorlangan idishni tashlab o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu haqda Moskovskiy komsomoles gazetasi xabar berdi.

Bitiruvchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz politsiya tomonidan tutib ketilgan. Politsiya bo‘limidagi so‘roq paytida u harbiy komissariatni urushga va mobilizatsiyaga qarshi bo‘lgani uchun yoqib yubormoqchi bo‘lganini aytgan.

Harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan buyon o‘tgan ikki hafta ichida Rossiyaning turli joylarida o‘ndan ortiq voyenkomat va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yishga urinish holatlari kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozon shahrida 17 yashar qiz voyenkomatni yoqib yuborishga urindi