
Telegram messenjerida Pavel Durovga o'xshash qahramon ishtirok etadigan yangi o'yin paydo bo'ldi. Ushbu o'yinda bosh qahramon fransuz qamoqxonasidan qochib, yo'lda shubhali shaxslar bilan to'qnashadi.
O'yin Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bog'liq bo'lmasa-da, u ushbu loyiha haqida o'zining rasmiy kanalida gapirib, unga havola ulashdi. "Kimdir mening fransuz qamoqxonasidan qochayotganim haqida o'yin yaratibdi.
Yo'lda turli shubhali shaxslar bilan to'qnashibman. Buni o'zingiz sinab ko'ring!
Faqat Telegramda mustaqil dasturchilar bunday narsa qilishi mumkin", – deb yozdi Durov. Durovning so'zlariga ko'ra, u bu loyiha haqida oldindan hech narsa bilmagan va unda ishtirok etmagan.
"Loyiha mualliflariga hurmat", – deya qo'shimcha qildi Telegram asoschisi. Total Glitch nomli ushbu o'yin mustaqil dasturchilar tomonidan yaratilgan va Mini App platformasida ishlaydi.
Bu vosita messenjer ichida qo'shimcha dasturlar va o'yinlarni o'rnatmasdan ishga tushirish imkonini beradi. O'yin mualliflarining fikriga ko'ra, unda o'yinchi qamoqdan qochish va turli dushmanlarga qarshi kurashish orqali erkinlikka erishishi kerak bo'ladi.
Durovning ushbu o'yin haqidagi posti ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan "yilning eng kutilmagan Telegram reklamalari" sifatida baholandi. Ma'lumki, Telegram asoschisi Pavel Durovning fransuz huquq-tartibot idoralari bilan munosabatlari doim murakkab bo'lgan.
2024-yilning avgustida uni Telegramdagi kontentni "yetarlicha moderatsiya qilmaslik" bo'yicha ish doirasida Frantsiyada hibsga olib, bir necha kun davomida so'roq qilishgan. Durov to'rt kun hibsda qolgan va keyinchalik garov evaziga ozod qilingan.
Keyinchalik, Durov bir necha bor Frantsiyani, fuqarosi bo'lishiga qaramay, so'z erkinligiga tajovuz qilishda ayblagan.
Pavel Durov haqida o'yin e'tiborni tortdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar