date

Atlantikadagi ulkan aysberg bo'laklarga bo'lindi

Atlantikadagi ulkan aysberg bo'laklarga bo'lindi

Rossiyaning «Kondor-FKA» sun’iy yo‘ldoshi Atlantika okeanidagi A23a aysbergining bo‘laklarga ajralganini tasdiqlovchi suratni yubordi, deb xabar berdi Roskosmos.

"Dunyo bo‘yicha eng yirik aysberg A23a bo‘laklarga bo‘lindi. Hozirgi holatini suratda ko‘rishingiz mumkin", — deyiladi Roskosmos bayonotida.

TASS agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu muz qatlamining 1986-yilda ajralib chiqqan paytdagi maydoni qariyb 4,2 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, bu Sankt-Peterburgning umumiy hududidan deyarli ikki barobar katta.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Atlantikadagi ulkan aysberg bo'laklarga bo'lindi