date

Havodan ichimlik suvi oluvchi qurilma yaratildi

Havodan ichimlik suvi oluvchi qurilma yaratildi

Shanxayning Jiao Tong universiteti mutaxassislari atmosfera havosidan ichimlik suvi olish imkonini beruvchi yangi texnologiyani yaratishdi. China Daily xabariga ko‘ra, qurilma kondensatsiya, yutilish va issiqlik nasosi usullariga asoslanadi. Bu tizim, ayniqsa, namlik past va issiq hududlarda foydali bo‘lishi mumkin.

Xitoylik muhandislar quyosh panellarida ishlaydigan avtonom stansiyaAtmosVellni taqdim etdilar. Bu qurilma harorat 15 dan 40 darajagacha, namlik esa 35 dan 99 foizgacha bo‘lgan sharoitda ishlaydi. Qurilma kuniga 50 litr ichimlik suvi ishlab chiqaradi va infratuzilmaga ulanmasdan ishlaydi.

Qurilmaning o‘lchamlari kichik avtobus bekati kattaligiga teng. Bundan tashqari, 1,6 ming litrgacha suv ishlab chiqarishga qodir platforma ham yaratildi. Bu platforma orollar, kichik aholi punktlari va chekka hududlardagi mehmonxonalarda ishlatish uchun taklif etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Havodan ichimlik suvi oluvchi qurilma yaratildi