15:56 / 23.10.2017
6 466

Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi Captiva’sida ag‘darilib ketdi

Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi Captiva’sida ag‘darilib ketdi
Orenburg–Qozon yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 231-kilometrida, aniqrog‘i Komissarovka qishlog‘i yaqinida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani xabar qilindi.

Ponomaryov tumani politsiya xodimlari tomonidan yengil avtomobil haydovchisi jabrlangan YTH yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Huquq tartibot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Captiva haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan hamda harakat yo‘nalishining chap tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan. Mashinaning aylanib ketishi natijasida salonda bo‘lgan 53 yoshli yo‘lovchi umurtqa pog‘onasidagi jarohat sabab shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan politsiyachilar tomonidan tekshiruv materiallari tayyorlangan. Tekshiruv ishlari yakunlangach, tegishli qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi Captiva’sida ag‘darilib ketdi