21:22 / 24.10.2017
5 711

94-yoshli ayol o’z tug’ilgan kunini parashyutdan sakrab nishonladi

94-ёшли аёл ўз туғилган кунини парашютдан сакраб нишонлади

AQSHning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Eyla Kempbell hamisha parashyutdan sakrash qanday ekanligi bilan qiziqardi. U o’zining 94 tug’ilgan kunida aynan shu narsani sinab ko’rishga qaror qildi.

Ayolning qarindosh-urug’lari uning g’oyasini qo’llab-quvvatlash bilan cheklanmay, unga xamrohlik ham qilishdi. Buvisining fikridan ilhomlangan Sara ismli nabirasi va Jess ismli chevarasi ham ushbu sarguzashtni boshdan kechirish uchun parashyutdan sakradilar. Ayollarning har biri alohida, mutaxassis bilan xamrohlikda havoda parvoz qilgan.

Eyla o’z sarguzashti yakunida ushbu mashg’ulot juda ajoyib va hayajonli ekanligini aytdi. Agar salomatligi ko’tarsa, ushbu tajribani yana bir bor takrorlashga tayyor ekanligini ham qo’shib qo’ydi, deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 94-yoshli ayol o’z tug’ilgan kunini parashyutdan sakrab nishonladi