07:11 / 28.10.2017
5 433

AQSHlik oshpaz shaffof pirog pishirdi

AQSHlik oshpaz shaffof pirog pishirdi
AQSHda kuz mavsumi kelishi bilan barcha pazandalar qovoqli pirog pishirishga kirishib ketishadi.

Chikagodagi restoranlarning birida faoliyat olib boradigan shef-oshpaz Saymon Devis o’zining yangi desertini videoga olib, internet tarmog’iga joylashtirgach, juda mashhur bo’lib ketdi. Chetlari va bezak sifatida qo’llangan qaymoqni aytmaganda, pirog mutlaqo shaffof ko’rinishda.

Albatta, ushbu pirogni ko’rganlar oshpazga qanday qilib ushbu natijaga erishgani haqida savol berdilar. Saymon ayrim sirlarni ochmaslikka qaror qildi, biroq dolchin, zanjabil va qalampirmunchoq bilan aralashtirilgan qovoq sharbati disstillyatsiya qilinishini aytib o’tdi. Ushbu pirogning yagona kamchiligi – uni uzoq vaqt saqlab bo’lmasligidir, deb yozadi “120.su” nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik oshpaz shaffof pirog pishirdi