13:45 / 29.10.2017
5 537

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 13 politsiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 13 politsiyachi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning shimoli-sharqida joylashgan Qunduz viloyatida «Tolibon» jangarilari bilan navbatdagi to‘qnashuv vaqtida 13 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda «Pajvak» agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Jangarilar bilan to‘qnashuv yakshanbaga o‘tar kechasi Xonobod tumani hududida ro‘y bergan. Tuman rahbari Hayatulla Amiriyning ma’lumot berishicha, mahalliy vaqt bilan tungi soat 03:00 atrofida jangarilar politsiya postiga hujum qilgan.

«Nazorat-o‘tkazuv punktida jami 14 politsiyachi bo‘lgan. Ulardan biri qochib qutulishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlari halok bo‘lgan», — degan manba.

Jangarilar qurollar va Humvee avtomobilini olib ketishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 13 politsiyachi halok bo‘ldi