15:17 / 29.10.2017
5 680

Shpitsbergen yaqinidan Rossiyaning g‘oyib bo‘lgan vertolyoti bo‘laklari topildi

Shpitsbergen yaqinidan Rossiyaning g‘oyib bo‘lgan vertolyoti bo‘laklari topildi
Rossiyaning Mi-8 vertolyoti bo‘laklari Barensburg (Shpitsbergen arxipelagi) yaqinidagi dengizdan, taxminan 200 metr chuqurlikdan topildi. Bu haqda Shimoliy Norvegiya qutqaruv markazi ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Rossiya FVV 28 oktyabr, shanba kuni g‘oyib bo‘lgan vertolyotni qidirish uchun Shpitsbergenga g‘avvoslar va yuqori texnologiyali jihozlar, jumladan, Falcon suvosti qurilmasini yetkazdi. Qidiruv ishlarini rossiyalik va norvegiyalik qutqaruvchilar olib bordi.

Norvegiya qutqaruv xizmatiga ko‘ra, vertolyot g‘oyib bo‘lishi arafasida ishlab turgan dvigatel ovozi birdaniga o‘chib qolganini odamlar eshitgan.

Rossiyaning Mi-8 vertolyoti Shpitsbergen oroli yaqinida 26 oktyabrda halokatga uchradi. Uning bortida sakkiz kishi, jumladan, Arktika va Antarktika ilmiy-tekshirish institutining uch xodimi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shpitsbergen yaqinidan Rossiyaning g‘oyib bo‘lgan vertolyoti bo‘laklari topildi