21:32 / 29.10.2017
5 551

Xitoyda 2035 yilga kelib keksa odamlar soni 400 mln dan oshadi

Xitoyda 2035 yilga kelib keksa odamlar soni 400 mln dan oshadi
Xitoyda 2035 yilga kelib 60 yoshdan katta odamlar soni 400 mln dan oshadi. Bu haqda 29 oktyabrda Xitoy jamoatchilik xavfsizligi uyushmasi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar berdi.

"Bizning davlat 2000 yilda "keksayotgan jamiyat"ga ega davlatlar toifasiga tushgan. 2000 yildan keyin Xitoyda keksa yoshli aholi har yili 10 mln kishiga oshib borgan", deb aytgan uyushma rahbari Chjen Gunchen.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyda ayni damda 240 mln keksa kishi bor. Bu ijtimoiy qatlam borgan sari ko‘paymoqda, bu esa davlat byudjeti, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimiga yuklamani oshiradi. Mutaxassisning aytishicha, Xitoy borgan sari keksa odamlarni parvarishlash bo‘yicha yaxshi shakllangan milliy strategiyaga ehtiyoj sezmoqda.

"Bizning davlatga keksalar huquqlari samaraliroq himoya qilinishi uchun yuridik me’yorlar tizimini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi", deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Xitoyda mehnatga layoqatli yoshdagi (15 yoshdan 64 yoshgacha) aholi soni taxminan 1 mlrd kishini tashkil qiladi. Xitoy oilani rejalashtirish uyushmasi prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib mehnatga layoqatlilar soni 958 mln kishigacha, 2050 yilda esa 827 mln kishigacha kamayib ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 2035 yilga kelib keksa odamlar soni 400 mln dan oshadi