23:49 / 29.10.2017
6 195

Saudiya Arabistonidagi to’ylarning birida mehmonlarga iPhone ko’rinishidagi konfetlar ulashildi

Saudiya Arabistonidagi to’ylarning birida mehmonlarga iPhone ko’rinishidagi konfetlar ulashildi
Xabarda yozilishicha, Jidda shahrida bo’lib o’tgan to’yda mehmonlarga iPhone ko’rinishidagi konfetlar tarqatilgan. YouTube ga joylashtirilgan to’y videosida ham bu holat yaqqol aks etganini ko’rish mumkin.

Marosimda ofitsiantlar iPhone telefonlari joylashtirilgan patnislarni ko’tarib chiqishgani tasvirga olingan. Tantana ishtirokchilaridan biri Al Bawaba internet nashriga bergan intervyusida ushbu “telefonlar” konfet o’rami ekanligini aytgan.

An’analarga ko’ra, bunday sahiylik to’y egalarining mehmondo’stligini anglatar ekan.

Internet foydaluvchilari mazkur holatga isrofgarchilik sifatida qarab, tanqid toshlarini yog’dirmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonidagi to’ylarning birida mehmonlarga iPhone ko’rinishidagi konfetlar ulashildi