07:57 / 31.10.2017
8 758

Rossiyada 21 yoshli qiz dugonasi va uning 3 yoshli qizalog’ini pichoqlab qo’ydi

Rossiyada 21 yoshli qiz dugonasi va uning 3 yoshli qizalog’ini pichoqlab qo’ydi
Ayni paytda voqea sodir bo’lgan joyda tekshirish ishlari olib borilmoqda. Bu yerdagi turar joylarning birida 21 yoshli ayol va uning 3 yoshli qizchasi jasadi ko’plab tan jarohatlari yetkazilgan holatda topilgan edi. Ularning tanasida pichoq izlari mavjud.

Uyning egasi bo’lmish 21 yoshli qiz bu yerda turmush o’rtog’i bilan istiqomat qilgan. Qotillik sodir bo’lgan kun uning eri ishda edi. Qizning uyiga Gryazi shahridan dugonasi qizalog’i bilan tashrif buyurgan va shu yerda tunab qolgan. Tunda qotillik sodir etilgach, uy sohibasi izsiz yo’qolgan.

Biroq militsiya hodimlari ayblanuvchini topishga muvaffaq bo’ldilar. So’rovlar paytida qizning bu jinoyatni sodir etishiga undovchi ma’lum bir sabab bo’lmagani aniqlandi. Mutaxassislar qizning bunday qilishiga sabab shaxsiy hayotidagi notinchlik va dugonasining tinch-hotirjam yashayotganini ko’rolmaslik bo’lishi mumkinligini aytishmoqda.

Qotil qiz uydan chiqib ketishdan avval qon izlarini yuvib tashlagan va eshikni kalit bilan yopgan. Ayni paytda qizga nisbatan ikki kishi o’limi uchun jinoiy ish qo’zg’atilgan, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 21 yoshli qiz dugonasi va uning 3 yoshli qizalog’ini pichoqlab qo’ydi