Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan erkak, O‘zbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Soipov Uber kompaniyasida haydovchi bo‘lib ishlagan, deb xabar qilmoqda CBS News telekanali kompaniya vakiliga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi kompaniyada ishlagan va tarjimai holidagi ma’lumotlari tekshirilgan.
Qayd etilishicha, Soipov Qo‘shma Shtatlarga lotereyada grin-kartani yutib olgan holda ko‘chib ketgan. Bu haqda Santa Monica Observer nashri xabar berdi. Diversity Immigrant Visa («Turli millatdagi muhojirlar uchun vizalar») vizalarni o‘ynash dasturi AQSH Davlat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Lotereya g‘olibi kompyuter orqali tasodifiy tanlov algoritmi bo‘yicha aniqlanadi.
Fox News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra esa, uning grin-karta muddati o‘tib ketgan.
Shu bilan birga, politsiya Soipovning yuk mashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida kabinada arab tilidagi yozuvni topgan. New York Times nashri xabariga ko‘ra, unda uning ISHID terrorchilik guruhiga sodiqlik bildirgani aytilgan.
Avvalroq 31 oktyabrda Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida, Jahon savdo markazi yonida sodir etilgan teraktni O‘zbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Soipov amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan xabar berilgandi.
Ma’lum qilinishicha, hujum oqibatida Belgiyaning bir fuqarosi halok bo‘lgan va 3 fuqarosi yaralangan. Shuningdek, Argentinaning 5 fuqarosi halok bo‘lgan va bir fuqarosi jarohat olgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi