14:12 / 01.11.2017
6 348

Shavkat Mirziyoyev Trampga murojaat qildi

Shavkat Mirziyoyev Trampga murojaat qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin Amerika rahbari Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy saytiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

«Biz Amerika Qo‘shma shtatlari xalqi bilan hamdardmiz. Qurbonlarning yaqinlariga ta’ziya so‘zlarimizni yetkazishingizni so‘raymiz, barcha jabrlanuvchilar tez orada sog‘ayib ketishini tilaymiz», — degan prezident.

Mirziyoyev terrorizm va ekstremizmning har qanday shaklini qoralagan va O‘zbekiston ushbu terakt bo‘yicha tekshiruvlarda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

31 oktyabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Saipov terakt ijrochisi sifatida gumon qilinmoqda.

Ayni vaqtda terakt ijrochisi sifatidagi asosiy gumondor qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Trampga murojaat qildi