21:21 / 01.11.2017
7 161

Nyu-Yorkda sodir etilgan terakt oqibatida olti chet el fuqarosi va ikki amerikalik halok bo‘ldi

Nyu-Yorkda sodir etilgan terakt oqibatida olti chet el fuqarosi va ikki amerikalik halok bo‘ldi
Nyu-York rasmiylari asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov tomonidan 31 oktyabr kuni sodir etilgan teraktda olti nafar chet el fuqarosi va ikki nafar amerikalik halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Muqaddam terakt oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani, 11 kishi yaralangani ma’lum qilingan edi. Ammo halok bo‘lganlar qaysi davlat fuqarolari ekanligi endi aniqlashtirildi.

«Halok bo‘lganlar soni sakkiz kishini tashkil etdi, ularning besh nafari Argentina fuqarolari, bir nafari Belgiya fuqarolari, ikki nafari amerikalik», — ma’lum qildi shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi komissari Deniel Nigro.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda sodir etilgan terakt oqibatida olti chet el fuqarosi va ikki amerikalik halok bo‘ldi