Toshkent shahrida tashkillashtirilgan MDH Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isaqov "Qozog‘iston hukumati Erkin savdo hududi shartnomasi hamda tranzit chegara o‘tkazish imkoniyatlaridan foydalanib, qozoq-qirg‘iz chegarasida sun’iy tirbandlikni” yaratayotganini, oqibatda oddiy tadbirkorlar jabr ko‘rayotgani haqida gapirib o‘tgandi.
O‘z o‘rnida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev ayblovlarga javob qaytardi.
"Bu noto‘g‘ri fikr, deb hisoblayman va Qozog‘iston Erkin savdo hududi shartnomasi talablaridan chiqmagan holda ish olib borayotganini bildiraman. Biz hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarga tayanib, ayblovlarni asoslantirilishini so‘rayman. Biz bu haqda ochiq gapirmoqdamiz, shuningdek, javobni tez orada eshitamiz, deb o‘ylayman”, deydi u.
Bundan tashqari, qozoq Bosh vaziri o‘z nutqida chegara bojxona qismida kuchaytirilgan nazoratga izoh berib, "Erkin savdo hududi shartnomasini qo‘llab, veterinar, fitosanitar va bojxona nazorati” bo‘yicha hamkorlikka qilishga tayyorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi