14:57 / 05.11.2017
6 071

Bishkekda ikki Toyota Camry to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Bishkekda ikki Toyota Camry to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Bishkekdagi Manas shohko‘chasida 5 noyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «K-News»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Mashinalarda jami sakkiz kishi — ikki qiz va olti erkak bor edi.

«Toyota Camry shunday rusumdagi boshqa avtombil bilan to‘qnashdi. Mashinalardan birininghaydovchisi tiriklayin yonib ketdi. Guvohlar o‘z kuchlari bilan avtomobilni o‘chirishga muvaffaq bo‘lmadi. Ikki qiz va ikki erkak voqea joyida halok bo‘ldi. Uch kishi o‘ta og‘ir holatda kasalxonaga yetkazildi», — xabar berdi Bishkek tez tibbiy yordam xizmati vakillari.

Voqea joyida bitta o‘t o‘chirish va to‘rtta tez tibbiy brigadasi ishlagani ma’lum qilindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda ikki Toyota Camry to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi