Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nadterechniy tumanidagi Beno-Yurt qishlog‘ida yashaydigan uchinchi sinf o‘quvchisi Xeda Ibaxiyeva eng yaxshi she’r yozib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi she’rlar tanlovi g‘olibi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda «MK.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi. Ushbu tanlovni Ramzan Qodirov Xaq birligi kuni mubosabati bilan e’lon qilan edi.
Uning yozishicha, Xeda tanlovda yutib chiqqani uchun iPhone X’ni qo‘lga kiritishini bilgach, xafa bo‘lgan. Qizcha tanlovda iPhone yutib olish uchun emas, Putinga nisbatan mehr va hurmatini izhor qilish uchun qatnashganini aytgan.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, tanlovga bir kecha-kunduzda Rossiya yetakchisiga bag‘ishlangan uch mingdan ortiq she’r kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov so‘nggi modeldagi iPhone smartfonidan foydalanishi haqidagi axborotni rad etgach, «KVN»ning NK Production jamoasi unga yangi iPhone X sovg‘a qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi