19:49 / 06.11.2017
8 255

Turkiya poytaxtiga 23 yildan beri ilk marta yangi mer tayinlandi

Turkiya poytaxtiga 23 yildan beri ilk marta yangi mer tayinlandi
Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Mustafo Tuna Turkiya poytaxtining yangi meri bo‘ldi. Bu haqda «Anadolu» agentligiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Anqara shahar kengashida u 104 ovoz olgan (maksimum 136 ovozdan). Qayd etilishicha, muxolifatdagi Xalq-respublika partiyasi o‘z nomzodini taqdim etmagandi.

Yangi lavozimda Tuna Melih Gekchekni almashtiradi, u ham Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili edi. U Turkiya poytaxtiga 1994 yildan buyon rahbarlik qilib kelgandi. Gekchek shu yilning 28 oktyabrida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning iltimosiga ko‘ra iste’foga chiqqandi.

Hurriyet nashrining qayd etishicha, Turkiya shaharlarida merlarning iste’fosi Erdo‘g‘an tomonidan boshlangan «qon almashtirish» jarayoni bilan bog‘liq. O‘tgan oyda Balikesir, Bursa, Duzje, Nigde va Istanbulda shahar boshliqlari o‘zgargandi. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda 1397 nafar hudud boshliqlaridan (viloyatlar, shaharlar va munitsipalitetlar) 800dan ortig‘i Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari hisoblanishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya poytaxtiga 23 yildan beri ilk marta yangi mer tayinlandi