6 668
Qodirov: Suriyadan Chechenistonga olib kelinadigan 44 kishi ichida o‘zbekistonliklar ham bor
Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Suriyadan Chechenistonga olib kelinadigan 44 nafar ayol va bolalardan iborat guruh ichida Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari borligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik nashri yozmoqda.
«Suriyadagi lagerlarda yashayotgan 44 nafar ayol va bolalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Ular orasida to‘qqiz nafar bola va ikki ayol O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari. O‘zbekistonlik va qozog‘istonlik ayol va bolalar haqida xabar topgach, Ziyod Muhammedovichga (Chechenistonning Rossiya prezidenti huzuridagi vakili) ularni zudlik bilan olib kelish topshirig‘ini berdim. Agar hozir shunday qilinmasa, ular yillar davomida o‘sha yerda azoblar ichida qolishadi. Ularga nisbatan qarorni o‘z mamlakatlari chiqargani ma’qul. Har qanday holatda ham bolalar qarindoshlari yaqinida bo‘lishadi.
Yaqin orada, aniqrog‘i, kelasi hafta boshlarida 44 kishidan iborat bu guruh Grozniyga olib kelinadi. Bu insonlar taqdirida biz iblis davlatining g‘ayriinsoniy harakatlari turli mamlakatlarning minglab fuqarolari hayotini fojiaga aylantirganini ko‘rib turibmiz. Islom dushmanlari vasvasasiga uchgan yoshlar bomba va snaryadlar ostida halok bo‘lishdi va o‘z oilalari hayotini zaharga aylantirishdi»deb yozadi Qodirov Instagramdagi sahifasida.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!