Rossiyaning Ijevsk shahrida favqulodda baxtsiz hodisa ro‘y berganligi haqida xabar berildi. Ushbu voqea Ijevskdagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Mahalliy jurnalistlarning xabar berishicha, uyning bir qismi qulashi natijasida uch nafar kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri bolakay ekani ma’lum qilingan.
Udmurtiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan xabarga ko‘ra, to‘rt nafar shaxs jabrlangan. Ularning ikkitasi o‘smirlar, 55 yoshli ayol va FVV xodimi ekani qayd etildi.
Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba, 9 noyabr kuni shahar markazidagi to‘qqiz qavatli uyning bir qismi qulagan. 28 nafar shaxs yashaydigan 8 ta xonadon qulab tushgan. Taxminlarga ko‘ra, gaz portlashi oqibatida uyning kirish qismi qulagan.
Uyning boshqa aholisi ko‘chirilgan bo‘lib, qutqaruvchilar uyning qulagan qismida qutqaruv ishlarini olib borayotganlari aytilgan.
Uyning keyingi taqdiri unda tekshiruvlar o‘tkazilganidan keyingina aniq bo‘ladi.
Tergovchilar qurilish ishlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atganliklari ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!