21:30 / 12.11.2017
7 105

Halokat sodir bo‘lishiga bir bahya qoldi... (video)

Halokat sodir bo‘lishiga bir bahya qoldi... (video)
Norvegiyalik maktab o‘quvchisi ko‘p tonnali yuk mashinasi ostida qolishiga bir bahya qoldi. Yuk mashinasining tezkor reaksiyasi sabab halokatning oldini olishga muvaffaq bo‘lindi, deb xabar berdi Kun nashri.

Voqea qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobilning videoregistratorida muhrlanib qolgan. Kadrlarda trassada avtobus to‘xtagani va undan bir necha bolaning tushib qolganini ko‘rish mumkin. Maktab o‘quvchilari avtobusning orqasiga o‘tib yo‘ldan o‘tishga chog‘lanishdi, bu vaqt ular avtobus sabab qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasini ko‘rmay qolishdi.

Shu payt bolalardan biri yo‘ldan tezda o‘ta boshlaydi. Yuk mashinasi uni bosib ketishiga bir bahya qoldi, haydovchi keskin tormozni bosadi va boladan bir necha santimetr masofada to‘xtaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Halokat sodir bo‘lishiga bir bahya qoldi... (video)