13:51 / 13.11.2017
5 335

Bashar Asad insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblandi

Bashar Asad insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblandi
Amnesty International (AI) xalqaro huquq himoyasi tashkiloti Suriya prezidenti Bashar Asadni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi. Bu haqda «Amnesty»ga tayanib Kun.uz xabar qildi.

Huquq himoyachilarining fikricha, bunday jinoyatlar orasida Asad qo‘shinlari tomonidan aholi punktlarini qamal qilish va u yerda istiqomat qiluvchi odamlarni majburiy ko‘chirish ham kiradi. Suriya hukumat armiyasi qamalda bo‘lgan hududlarga bombalar yog‘dirgan hamda insonparvarlik yordami yetkazib berilishiga to‘siq qo‘ygan, natijada tinch aholi oziq-ovqat va dori-darmon vositalari yetishmovchiligidan chuqur aziyat chekkan, deya ta’kidlab o‘tishdi AI’dan.

"Suriya hukumati aholi uchun kollektiv jazo sifatida ocharchilikni atayin qo‘llamoqda", - deya ma’lum qildi AI’ning Germaniya bo‘linmasi vakili Rene Vildangel.

Amnesty Asad rejimi va Suriya muxolifati o‘rtasidagi “sulh kelishuvi”ni ham tanqid qildi. Kelishuv Halabning sharqiy qismini ham qamrab olgan. Unda qamalda bo‘lgan tumanlar aholisi uchun tanlov imkoniyati nazarda tutilgan – jangovar harakatlar hududida qolish yoki bunday joylardan chiqib ketish.

Natijada shahardan evakuatsiya qilingan minglab oilalar achinarli ahvoldagi lagerlarda juda yomon sharoitlarda qolishgan, deb xabar berishdi huquq himoyachilari. AI’dagilarning taxminicha, ushbu kelishuvni insonlarni majburiy ko‘chirishga ham o‘xshatish mumkin.

Amnesty BMTdan ko‘rsatilgan holatlarni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazish hamda aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asad insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblandi