5 904
Ispaniya hukumati Rossiyadan tarqatilgan Kataloniya haqidagi soxta yangiliklar haqida ma’lum qildi
Kataloniyadagi referendum haqidagi shubhali yangiliklardan iborat internet-trafik Rossiya hududidan chiqib kelgan. Bu haqda Ispaniya mudofaa vaziri Maria Dolores Kospedal Bryusselda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. Bu haqda «TJournal»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Kospedalning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikda ovoz berishga bevosita ta’sir haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo u soxta yangiliklar qayerdan kirib kelayotganini aniqlashtirib, bu haqda Rossiya hukumatiga ma’lum qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Vazir ishonchsiz axborot tarqatishda Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganini ta’kidladi. Xuddi shu guruhlar, mudofaa vazirligi fikricha, butun Yevropa bo‘ylab beqarorlikni yuzaga keltirishga urinmoqda.
Kospedalning bayonotini Ispaniya tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi va trafikning 50 foizi Rossiyadan, 30 foizi Venesueladan kelganini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi
O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi