15:29 / 15.11.2017
9 873

Instagram ijtimoiy tarmog’i nogiron bolaning suratini o’chirib tashlagani uchun uning onasidan uzr so’radi.

Instagram ижтимоий тармоғи ногирон боланинг суратини ўчириб ташлагани учун унинг онасидан узр сўради.
12 yoshli egizak farzandlarning onasi Charli Besuik Instagram ijtimoiy tarmog’iga o’z farzandlaridan birining suratini joylashtirdi. Ammo ijtimoiy tarmoq ma’muriyati foydalanuvchilardan biri bolakayning tashqi ko’rinishidan shikoyat qilgani uchun suratlarni o’chirib tashladi.

12 yoshli Garri Goldenxara sindromidan aziyat chekadi. Bolakay yuzining bir tomonida ko’z va burun yo’q, chag’i esa odatdagidan cho’ziqroq. Bundan tashqari, Garri autizm kasalligi bilan ham kurashib keladi. Eng hayratlanarlisi, uning egizak akasi mutlaqo sog’lom. Bolalarning onasi internet tarmog’ida ular haqida blog olib boradi. deyiladi

Charli suratlar o’chirib tashlangach, tarmoqni odam ajratishda ayblab, ushbu mavzuni internetda ko’tarib chiqdi va uni minglab foydalanuvchilar qo’llab-quvvatladi, deyiladi xabarda. Natijada Instaram ma’muriyati ayoldan uzr so’rab, o’chirib tashlangan suratlarni qayta tiklab qo’ydi.

Egizaklar tug’ilganida uning ota-onasi shodlikdan ko’kka sakrashgan. Ammo shifokorlar bolalarning biri Goldenxara sindromi bilan tug’ilganini aytishdi. Ushbu hastalik homila 6-12 haftalik paytlarida qon aylanishining buzilishi natijasida kelib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Instagram ijtimoiy tarmog’i nogiron bolaning suratini o’chirib tashlagani uchun uning onasidan uzr so’radi.