14:55 / 17.11.2017
11 090

Dunyodagi eng boy yosh «yulduz» nomi ma’lum qilindi

Dunyodagi eng boy yosh «yulduz» nomi ma’lum qilindi
2017 yilda eng ko‘p haq to‘lanuvchi yosh «yulduz»lar nomi ma’lum qilindi. Reyting Forbes.ru saytida joylashtirilgan, deb xabar qiladi Kun nashri.

Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 yoshdan kichik bo‘lgan mashhur insonlar bir yil ichida umumiy hisobda 1,24 mlrd. dollar ishlab topishdi.

Amerikaning Forbes reytingida 27 yoshli xonanda Eybel Tesfaye - The Weeknd yetakchilik qilmoqda. U bir yilda taxminan 92 mln. dollar ishlab oldi.

Ikkinchi o‘rinda – 23 yoshli qo‘shiqchi Jastin Biber ($83,5 mln.), uchinchi – 29 yoshli xonanda Adel ($69 mln.).

Keyingi pog‘onalardan sportchilar joy olishdi. Ekspertlar to‘rtinchi o‘rinni basketbolchi Kevin Dyurantga ($60,6 mln.) berishgan bo‘lsa, beshinchi hamda oltinchi o‘rinni amerika futboli o‘yinchisi Endryu Lak ($50 mln.) va golfchi Rori Makilroy ($50 mln.) bo‘lishib oldi.

Ro‘yxatning yettinchi hamda sakkizinchi pog‘onalarida basketbolchilar Stefen Karri ($47,3 mln.) va Jeyms Harden ($46,6 mln.) qayd etildi.

Kuchli o‘nlikka xonanda Teylor Svift ($44 mln.) va model, realiti-shou yulduzi Kayli Jenner ($41 mln.) yakun yasab bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng boy yosh «yulduz» nomi ma’lum qilindi