21:24 / 20.11.2017
8 231

Talabaning qo‘liga 46 kg tilla qayerdan keldi?

Talabaning qo‘liga 46 kg tilla qayerdan keldi?
Xitoylik talaba Yaponiyaga kelib bor-budidan ayrildi. U o‘zida bor bo‘lgan 46 kg tillani 1,6 mln AQSh dollariga sotish maqsadida Yaponiyadan xaridor topdi.

Tillani sotib bo‘lib, pullarni endigina Lombarddan olib chiqib ketayotgan xitoylik talabani politsiyachilar ushlab oldi va ular bu pullarning “hujjati” bor-yo‘qligini so‘radi.

Hali Lombard binosidan uzoqlashmagan talabaning pullari politsiyachilar tomonidan musodara qilindi.

Nazoratchilar ketganidan keyin o‘zidagi qo‘rquv yo‘qolgan talaba “nega meni bo‘limga olib borishmadi”, degan xayolga keldi va darhol politsiyaga murojaat qildi.

Voqeani o‘rganish jarayonida talabaning pullarini olib ketgan politsiya kiyimidagi “soxta politsiyachilar” bo‘lib chiqdi va huquq-tartibot organlari xodimlari holat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborishdi.

“NZ1” nashrining xabariga ko‘ra, Yaponiya politsiyasini qiziqtirayotgan birinchi raqamli savol talabaning o‘ziga berildi. Aniqrog‘i, ular 46 kg tilla xitoylik yigitning qo‘liga qayerdan kelib qolgani bilan qiziqishmoqda...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Talabaning qo‘liga 46 kg tilla qayerdan keldi?