15:40 / 22.11.2017
8 167

Saudiya Arabistoni malikasi ham korrupsiya jinoyati sodir etganlikda ayblanmoqda

Saudiya Arabistoni malikasi ham korrupsiya jinoyati sodir etganlikda ayblanmoqda
Gap qirollikdagi eng badavlat shahzoda al-Volid bin Talalning qizi malika Rim haqida boradi.
Aynan qanday jinoyat uchun malikani ayblashayotgani ma’lum emas. Umumiy qilib korrupsiya deb qo‘ya qolishgan. Lekin so‘nggi xabarlarda aytiladiki, malika Rim ham o‘n bir nafar shahzoda uchun turma o‘rnida tanlangan Ar-Riyoddagi «Ritz Carlton» besh yulduzli oteliga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, malika Rim Saudiya Arabistonidagi eng mashhur biznes-ledi hisoblanadi.
Hozirgi kungacha qirollikka taalluqli shaxslarning oltmish nafarga yaqini qamoqqa olingan. Ularning barchasi ommaviy tarzda korrupsiya jinoyati sodir etganlikda ayblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni malikasi ham korrupsiya jinoyati sodir etganlikda ayblanmoqda