21:20 / 22.11.2017
7 216

Keyt Middlton qaynonasiga tegishli qimmatbaho marjonni taqqan holda ko’rinish berdi

Keyt Middlton qaynonasiga tegishli qimmatbaho marjonni taqqan holda ko’rinish berdi
20 noyabr kuni Vindzor saroyida qirolichaYelizaveta II va uning turmush o’rtog’i shahzoda Filipp to’ylarining 70 yilligiga bag’ishlangan tantanaga oilaning barcha a’zolari tashrif buyurdilar.

Marosimga oila kelini Keyt Middlton shahzodalar Uilyam va Garri bilan birgalikda tashrif buyurgan. Suratkashlar esa darhol uning bo’ynida Keytning qaynonasi – malika Dianadan qolgan marjonni payqadilar. Bu marjonni unga turmush o’rtog’i sovg’a qilgan.

Ushbu marchon qirollik oilasiga tegishli buyum sanaladi. Dianaga qadar uning sohibasi Yelizaveta II ning shaxsan o’zi bo’lgan, deyiladi xabarda.

Muxlislar tadbirda Garrining sevgan qizi Megan Marklning ham bo’lishini kutishgan edi, ammo aktrisa tantana chog’ida ko’rinish bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keyt Middlton qaynonasiga tegishli qimmatbaho marjonni taqqan holda ko’rinish berdi