20:55 / 24.11.2017
5 882

Xitoy Dandun va Shimoliy Koreya orasidagi ko’prikni yopib qo’ydi

Хитой Дандунь ва Шимолий Корея орасидаги кўприкни ёпиб қўйди
Xitoy Xalq Respublikasi Dandun va Shimoliy Koreyaning Sinыychju shaharlarini o’zaro bog’lab turadigan ko’prikni yopib qo’ydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, bu holat 940 metrli ko’prikni ta’mirlash ishlari bilan bog’liq.

Ammo ekspertlar fikricha, bunday qadam Pxenyanga nisbatan o’ziga hos ishora ham bo’lishi mumkin. 1943 yilda qurilgan mazkur ko’prik “Xitoy va Koreya do’stlik ko’prigi” deb ataladi.

Ushbu ko’prik ikki mamlakat o’rtasidagi asosiy tрansport arteriyalaridan biri va aynan u orqali Shimoliy Koreyaning yon-atrofdagi mamlakatlar bilan mahsulot almashinuv jarayonining teng yarmi bo’lib o’tadi. Bundan tashqari, ushbu ko’prik Koreyaga halqaro yordam yetkazilishida ham muhim ahamiyatga ega, deb xabar beradi xorij nashrlari.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Dandun va Shimoliy Koreya orasidagi ko’prikni yopib qo’ydi