17:48 / 26.11.2017
8 704

Dunyodagi eng og’ir tilla uzuk qanday ko’rinishga ega ekanligini bilasizmi?

Дунёдаги энг оғир тилла узук қандай кўринишга эга эканлигини биласизми?
Dunyodagi eng og’ir tilla uzukning vazni 63 kg bo’lib, uning narhi 3 million AQSh dollariga baholangan. Ushbu uzuk BAAdagi soatlar va zargarlik buyumlari ko’rgazmasida namoyish etilgan edi.

63 kilogrammlik uzuk “Star of Taiba” nomini olgan va 2000 yilda yaratilgan. Mazkur uzuk 70 sm diametrga ega bo’lib, uning ustida 55 ta zargar 45 kun davomida ter to’kib ishlashgan.

Dunyoning eng og’ir tilla uzuk sotuv uchun emas, faqat ko’rgazma maqsadida yaratilgan. Ammo xohlovchilar mazkur uzukning kichkinalashtirilgan namunasini buyurtma asosida yasattirib olishlari ham mumkin. Bunday xizmat turi Sharjada 300-400 AQSh dollari narhiga tengdir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng og’ir tilla uzuk qanday ko’rinishga ega ekanligini bilasizmi?