10:22 / 27.11.2017
7 386

Almazbek Atamboyevga Qirg‘izistonning eng oliy unvoni berildi

Almazbek Atamboyevga Qirg‘izistonning eng oliy unvoni berildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevga Qirg‘iz respublikasi qahramoni unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonda qayd etilishicha, ushbu unvon Atamboyevning xalq oldidagi xizmatlari, mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, siyosiy iroda va jasurligi uchun taqdim etilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov imzolagan farmonga muvofiq, Atamboyev Almazbek Sharshenovichga «Qirg‘iz Respublikasining Botiri» unvonining oli darajasi «Ak Shumkar» mukofotini taqdim etish bilan birga beriladi», — deyiladi mamlakat prezidenti saytida.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Jeenbekov tantanali qasamyod qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atamboyevga Qirg‘izistonning eng oliy unvoni berildi